«navoiy ko‘chasi» tegli maqolalar


“Agar u quriladigan bo‘lsa, Toshkentni tugataversa ham bo‘ladi”. Jamoat faollari — Navoiy ko‘chasidagi ko‘prik loyihasi haqida
21 iyul 2023, 19:56

“Agar u quriladigan bo‘lsa, Toshkentni tugataversa ham bo‘ladi”. Jamoat faollari — Navoiy ko‘chasidagi ko‘prik loyihasi haqida

Toshkentning Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi mumkin. Faollar bu joyga ko‘prik emas, “odamlar dam oladigan jamoat makoni, shahar muhiti kerak”ligini ta’kidlayapti. Mushtariylar 2022-yilgi rekonstruksiyadan so‘ng Navoiy ko‘chasida tirbandlik muammosi kamayganini ham eslatdi.

Toshkentning Navoiy ko‘chasida avtobuslar uchun alohida yo‘lak paydo bo‘ldi. U foyda beryaptimi?
18 oktabr 2022, 21:09

Toshkentning Navoiy ko‘chasida avtobuslar uchun alohida yo‘lak paydo bo‘ldi. U foyda beryaptimi?

Toshkentdagi Navoiy ko‘chasining bir qismida jamoat transporti uchun alohida yo‘lak tashkil etildi. Hozircha u lozim darajada ishlayotgani yo‘q. «Gazeta.uz» muxbiri buning sabablarini aniqlashga harakat qildi.

Toshkentda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlash uchun yangi kameralar o‘rnatildi
3 oktabr 2022, 10:33

Toshkentda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlash uchun yangi kameralar o‘rnatildi

Poytaxtning Navoiy ko‘chasida sinov tariqasida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlash uchun intellektual foto va videoni qayd etish kameralari o‘rnatildi. Ushbu aqlli radarlar Avstriyaning «Glans Gresselchaft Tashkent» kompaniyasiga tegishli bo‘lib, shahar hokimiyati ko‘chani raqamlashtirish taklifini o‘rganmoqda.

«Jahondan andoza olishning o‘rniga teskarisini qilayotgandekmiz»
21 fevral 2022, 15:59

«Jahondan andoza olishning o‘rniga teskarisini qilayotgandekmiz»

Jurnalistlar hamda Toshkent shahar hokimiyati o‘rtasida ko‘chalardan qanday maqsadlarda foydalanish va jamoat transporti ustuvorligi yuzasidan munozara bo‘lib o‘tdi. Shahar ma’muriyati ko‘chalarda yo‘lovchi yoki yuk tashish imkoniyatini emas, balki harakat o‘tkazuvchanligini oshirishga e’tibor qaratmoqda, rekonstruksiya qilinayotgan ko‘chalarda muammo ko‘rmayapti hamda yangi trotuarlar va velo-yo‘laklarni qulay, tramvayni esa Navoiy ko‘chasining «o‘lchamlari»ga mos kelmaydi, deb hisoblaydi. Shuningdek, ma’muriyat bu borada shahar aholisi bilan maslahatlashishni ortiqcha deb hisoblaydi, sababi — bu vaqt talab etadi.

Navoiy ko‘chasiga tramvay qaytarilmaydi — Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari
16 fevral 2022, 16:40

Navoiy ko‘chasiga tramvay qaytarilmaydi — Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari

«Navoiy ko‘chasiga tramvay qaytarilmaydi», — deya ma’lum qildi Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov. «Gazeta.uz» e’lon qilgan maqoladan keyin hokimlik ko‘chani rekonstruksiya qilish loyihasiga o‘zgartishlar kiritdi — u yerga avtobuslar uchun yo‘lak qo‘shildi va chorrahalardan biri o‘zgartirildi.

Navoiy ko‘chasini ham shossega aylantirishga qaror qilindi
15 fevral 2022, 14:52

Navoiy ko‘chasini ham shossega aylantirishga qaror qilindi

Ahmad Donish va Farg‘ona yo‘li ko‘chalarini tezyurar shosselarga aylantirgan Toshkent hokimligi yana bir markaziy ko‘cha — Alisher Navoiy ko‘chasiga ham qo‘l uzatdi. Ishlar yana ogohlantirishsiz boshlab yuborildi. Reja prezidentning shahar birinchi navbatda piyodalar uchun qulay bo‘lishi kerakligi haqidagi bayonotiga zid kelmoqda. «Gazeta.uz» nashrining davlat rahbariga murojaati.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting